Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, dam olish kunlari respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Sputnik
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. O‘zbekistonda dam olish kunlari iliq ob-havo kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.
Sinoptiklar prognoziga ko‘ra, bugun faqat Samarqand, Jizzax viloyatlarida kechga tomon ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Kunduzgi harorat +27...+32 daraja issiqdan oshmaydi.
Dam olish kunlari respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ertaga tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Respublika bo‘ylab havo harorati kechalari +11...+16 daraja iliq, kunduz kunlari +27...+32 daraja issiq atrofida saqlanib turadi.