ShHT-2022: Samarqand sammiti

Biz Rossiya bilan munosabatlarga katta e’tibor qaratmoqdamiz - Mo‘g‘uliston prezidenti

Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida so‘zga chiqdi.
Sputnik
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Samarqand sammitida Mo‘g‘uliston Rossiya bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlariga, shuningdek, Rossiyadan Xitoyga hudud orqali gaz quvurini o‘tkazish loyihasiga katta e’tibor qaratayotganini ta’kidladi. Bu haqida Sputnik muxbiri xabar berdi.
Bundan tashqari, u o‘z nutqi davomida Mo‘g‘uliston ShHT bilan hamkorlikni yanada faol rivojlantirishini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz bugun Samarqandda ShHT davlat rahbarlari sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Unda 13ta davlat rahbarlari va 10 dan ortiq xalqaro tashkilotlar yetakichlari ishtirok etmoqda.