G‘arb matbuotida Amerika neft va gaz kompaniyalari rahbarlari bilan ko‘plab intervyular chiqarilmoqda. Ularda rahbarlar Yevropani to‘g‘ridan-to‘g‘ri va hech qanday shubhasiz uglevodorod energiya manbalaridan qutqara olmasligi va Yevropa jiddiy sinovlarga tayyorgarlik ko‘rishi, jumladan, ishlab chiqarishni qisqartirish va svetni ko‘prq o‘chirish kerakligini aytishmoqda.
Vaziyatning hazili shundaki, aynan Vashington Brusseldan Rossiya ko‘miri, nefti va gaziga nisbatan mumkin bo‘lgan barcha cheklovlarni qo‘llashni talab qilgan, kerak bo‘lsa, majburlagan edi. Embargo joriy etilishi Rossiya iqtisodiyotini qulatishi va ko‘pchilikning nazdida faqat energiya resurslarini sotishdan olingan valyuta kirimlariga asoslangan budjetni quritishi kerak edi. Qo‘shma Shtatlar o‘z slanes nefti va suyultirilgan gazini transkontinental ta’minotini ko‘paytirish orqali ittifoqchilarini qo‘llab-quvvatlashini har burchakdan turib ta’kidladi. Va shu sababli sarosima uchun hech qanday sabab yo‘qdek edi.
Biroq, Rossiya ko‘mirini sotib olishni to‘liq taqiqlash va neft narxini maksimal darajada oshirishga urinishlardan so‘ng, to‘satdan kamayib ketgan uglevodorodlar hajmini o‘rnini bosish juda muammo ekanligi va boshqa mamlakatlarda gaz sotib olish bir necha barobar qimmatga tushishi ma’lum bo‘ldi. Masalan, bir tonna energetik navli ko‘mir narxi ishonchli tarzda 350 dollardan yuqori bo‘lib qolmoqda, bu bir yil avvalgidan kamida uch barobar yuqori.
Neft bozoridagi vaziyatni kuni kecha AQSh moliya vaziri Janet Yallen juda tushunarli tarifladi. Rossiya nefti importiga taqiq to‘liq joriy etilgandan so‘ng - bu imkoniyat hamon ko‘rib chiqilyapi va embargo yil oxirigacha kuchga kirishi mumkin - narxlar keskin o‘sadi. Ya’ni bir barrel neft narxi 100 dollar bo‘ladi. Boshqa tahlilchilar bir barrelni hatto120-140 dollardan baland narxda keltirishmoqda.
Ta’kidlash joizki, amerikaliklar Yevropa importida o‘z hissasini chindan ham juda ko‘p va keskin oshirdi. Masalan, aprel oyi, ya’ni maxsus operatsiya boshlanganidan ikki yarim oy to‘liq o‘tmasdan va Rossiya ta’minoti kamaymasdan turib, amerikalik neftchilar yevropalik do‘stlariga rekord miqdorda bir sutkada 1,5 millon barrel neft sotgan. Tabiiy gaz eksporti ham hayratlanarli darajada o‘sdi- birgina iyul oyida amerikaliklar umumiy hajmi 57 millard kub metr bo‘lgan suyultirilgan gazni Yevropa portlariga yetkazib berishgan. Shu bilan Eski dunyo asosiy savdo bozoriga aylandi, u xorijda sotilgan barcha gazning 68 foizini tashkil etdi, bu esa Amerikaniki. Bundan tashqari, prezident Bayden ma’muriyati yetkazib berishni yanada ko‘paytirishini qasamod kabi aytgan edi. Hattoki qo‘shimcha 15 milliard kubometr haqida ham aytilgan edi. Aynan shu yo‘l, ya’ni yuqoridagi raqamlar bilan manipulyatsiya qilish orqali Yevropa ittifoqini o‘z nog‘orasiga o‘ynatishga majbur qildi.
Aslida esa bozorni taqsimlashning eng oddiy yo‘li bo‘ldi, bir sotuvchi bir tomondan xaridorni qo‘rqitsa, boshqa tomondan unga oltin tog‘larni va’da qilib shunchaki raqibni quvib chiqardi. Bu 90-yillarda jinoiy elementlar va reketchilar aylantirgan sxemalarga o‘xshaydi.
Deraza ortida anchayin iliq sentabr, okean ortidan esa munosabat ham o‘zgardi. Ularning nima deyayotganlarini qisqacha shunday deyish mumkin: gaz ham, neft ham bo‘lmaydi, ammo chidanglar.
Masalan, neft-gaz sohasiga sarmoya kiritishga ixtisoslashgan “Quantum Energy Partners” yirik aksiyadorlik jamiyati vakili hozir ham, yaqin kelajakda ham ishlab chiqarish hajmini oshirish mumkin emasligini chaynalmasdan ochiqchasiga aytdi. “Yordam bo‘lmaydi-, deydi korxona rahbari, na neftga, na gazga”.
Pioneer Natural Resources burg‘ulash kompaniyasidagi hamkasblari ham uning so‘zlarini qaytarishmoqda. Kompaniya direktorining aytishicha, Qo‘shma Shtatlarda burg‘ulash minoralari soni o‘zgarmagan va ularning sonini qo‘paytirish yaqin kelajakdagi rejalarda yo‘q. Bundan tashqari, xom neft qazib olish hatto kuniga taxminan bir million barrelga kamayishi kutilmoqda.
Chunki Yevropa Ittifoqi tomonidan qo‘shimcha cheklovlar joriy etilishi amalda hal qilingan masala bo‘lganligi sababli, yil oxirigacha Rossiya nefti va uning mahsulotlarini Eski dunyoga eksport qilish hajmi kamida 20 foizga qisqarishi kutilmoqda. Bozorlar adekvat munosabat bildirdi- va bir bochka etalon Brent narxi so‘nggi sotuvlarda 95 dollarda mustahkam turgan, va xorijdan yetkazib berish va bayonotlarning pasayishini hisobga olsak, qora oltin narxi hech tushmasligini ishonch bilan aytish mumkin.
Aleksandr Novakning so‘zlari olovga moy sepgandek bo‘ldi. U Yevropa Ittifoqiga tabiiy gaz eksportining taxminan 50 milliardga kamayishi prognozini e’lon qildi. Bu 2021-yil natijalariga nisbatan uchdan bir qismga qisqarishini anglatadi. Bu Rossiya budjeti daromad olmay qoladi degani emas. Yaqin kelajakda xuddi shunday quvvati 50 milliard kub metr bo‘lgan “Sibir kuchi-2” gaz quvurini qurish bo‘yicha yakuniy muzokaralar o‘tkaziladi. Ta’minotni ko‘paytirish hajmi “Sibir kuchi-1” amalga oshiradi. Qisqa muddatda ushbu quvur orqali kamida 20 milliard kub metr ko‘k yoqilg‘i quyiladi. Vladivostokdan Xitoyning shimoliy qismiga gaz quvuri ham texnik ishlanmalar jarayonida. Bu yana 10 milliard degani. To‘g‘ri, sanab o‘tilgan loyihalar ertadanoq ishga tushirilmaydi, lekin quvurlar nihoyat Rossiya bozorini ehtiyojlar bo‘yicha Osiyo-Tinch okeani mintaqasining premium va deyarli tubsiz maydonlari bilan bog‘laydi.
Issiqlik mavsumiga juda noaniq istiqbollar bilan kirayotgan Yevropaning o‘zidagi amerikalik energetiklar bayonotlariga kelsak, bunda hech qanday mubolag‘asiz hamma narsani kutish mumkin - xalq noroziligining portlashidan tortib, ushbu siyosiy blokning jismoniy qulashigacha.
Yaqinda Polsha bosh vaziri Germaniyani tanqidlar ostida qoldirdi. U Germaniyani hozirgi holatda aybladi. Moraveskiyning aytishicha, Yevropa energetikasi hozir tang aholda, buning sababi esa Berlinning ko‘mir va atom elektrostansiyalaridan muddatidan avval voz kechishidir. Shuningdek, ma’lum sabablarga ko‘ra endi o‘z loyiha funksiyalarini bajara olmaydigan “Shimoliy oqim” ga haddan tashqari qaramlik ham.
Ammo bu hammasi emas.
O‘sha Polsha nemislardan Ikkinchi jahon urushi yillarida okkupatsiya davri uchun bir trillion dollardan - tasavvur qilyapsizmi- ko‘proq miqdorda kompensatsiya talab qilishini e’lon qildi. Ya’ni Yevropa Ittifoqi budjetidan qaytrilmaydigan moliyaviy yordamning asosiy qabul qiluvchisi bo‘lgan Varshava asosiy donor bilan munosabatlarini atayin maqsimal darajada yomonlashtirmoqda. Bu faqat energiya inqirozidan chiqqan tizimli siyosiy inqirozning qanchalik chuqurligidan dalolat.
Polsha rahbarlarining so‘nggi haftalarda aytgan so‘zlari boshqa paytda diplomatik munosabatlarning buzmasa ham, ularni sovutish uchun yetarli bo‘lar edi. Yevropa ichidagi davlatlararo munosabatlarning buzilishi Yevropa inqirozini yaqqol aks ettiradi. Bunda alohida ishtirokchilar g‘azab bilan uglevodod ko‘rpasini o‘ziga tortib olmoqda va bir vaqtning o‘zida qo‘shnilaridan aybdor qidirishmoqda.
Ushbu inqiroz AQShning qo‘llari bilan yaratilgan. Yevropada hech kim tanazzul boshlanmasligiga kafolat bera olmaydi. Aftidan, inqiroz yaratuvchilari ham xuddi shunday rejalashtirgan bo‘lsa kerak.