Xorijiy valyutalarning yangi kursi belgilandi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning yangi qiymatini belgiladi.
Sputnik
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan ertaga, 16-sentabrda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Xorijiy valyutalarning 16-sentabr kuni amalda bo‘ladigan kursi
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 24,94 so‘mga qimmatlashdi va 10 950,08 so‘mni tashkil qildi.
Yevro so‘mga nisbatan ko‘tarildi. Xususan, 1 yevro 5,26 so‘mga qimmatlab, 10 943,51 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli kursi ham 0,88 so‘mga ko‘tarildi va 183,80 so‘mni tashkil etdi.