TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Bugungi kunda ShHTning konstruktiv, ijodiy hamkorlik platformasi sifatida mustahkamlanishini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Bu haqida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Xitoy yetakchisi Si Szinpin bilan muzokaralar chog‘ida aytib o‘tdi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.
“Tashkilot tarkibiga turli madaniy va sivilizatsiya an’analari, tashqi siyosat yo‘nalishlari va milliy taraqqiyot modellari bo‘lgan davlatlar kiradi. Biroq qisqa tarixiy davrda tenglik va o‘zaro manfaatdorlik, suverenitetni hurmat qilish va bir-birining ichki ishlariga aralashishdan bosh tortish tamoyillari asosida ishlarni yo‘lga qo‘yish ushbu tashkilotni ko‘p tomonlama hamkorlikning samarali mexanizmiga aylantirish imkonini berdi”, - dedi Vladimir Putin.
Rossiya prezidenti shuningdek, bugun ShHT ulkan geografik hududni birlashtirgan dunyodagi eng yirik mintaqaviy tashkilot ekanligini qo‘shimcha qildi.