TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Faqat Ukraina rahbariyati o‘z mamlakatiga xavfsizlik kafolatlarini berishi mumkin. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Ukraina xavfsizligi uchun kafolatlarni faqat Ukraina rahbariyati berishi mumkin”, - dedi payshanba kuni jurnalistlarga Kreml vakili.
Shu tariqa u “Kiyev xavfsizligi bo‘yicha kelishuv” loyihasi – Kiyevga xalqaro kafolatlar to‘g‘risidagi hujjatga munosabat bildirgan.
Seshanba kuni Ukraina prezidenti devoni “Kiyev xavfsizligi bo‘yicha kelishuv” loyihasini – Kiyevga xalqaro kafolatlar to‘g‘risidagi hujjatni e’lon qildi. Hujjatda, bir tomondan, Ukraina va AQSh, Yevropa Ittifoqi davlatlari va boshqa bir qator davlatlar o‘rtasida majburiy bitim tuzish taklif qilingan. Avvalgi takliflardan farqli o‘laroq, bu Kiyevning NATOga qo‘shilishdan bosh tortishi, Ukrainaning neytral maqomi yoki Rossiyaning mamlakat xavfsizligi kafolati sifatida ishtirok etishini anglatmaydi.