ShHT-2022: Samarqand sammiti

Turkmaniston prezidenti Samarqandga keldi

Serdar Berdimuhamedov Hazrati Xizr majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi prezident Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltiradi.
Sputnik
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida faxriy mehmon sifatida ishtirok etish uchun 15-sentabr kuni O‘zbekistonga keldi.
Aeroportda oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrif dasturida Serdar Berdimuhamedov Hazrati Xizr majmuasiga tashrif buyurib, O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirishi ko‘zda tutilgan.