ShHT-2022: Samarqand sammiti

Emomali Rahmon Samarqandga yetib keldi

Emomali Rahmonni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Sputnik
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon 15-sentabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga keldi.
Xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
So‘ng Tojikiston rahbari Hazrati Xizr yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, O‘zbekiston Birinchi prezidenti Islom Karimov qabriga gul qo‘ydi.
Tojikiston prezidenti O‘zbekistonga keldi