TOShKENT, 15 sen — Sputnik. 14 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin davlat tashrifi bilan Samarqandga keldi.
Samarqand xalqaro aeroportida Xitoy yetakchisini prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
Milliy kuy-qo‘shiqlar, raqslar ijro etildi.
Tashrifning asosiy tadbirlari 15-sentabr kuniga mo‘ljallangan. Bugun oliy darajadagi O‘zbekiston-Xitoy muzokaralari bo‘lib o‘tadi.
Avval xabar qilinganidek, Xitoy Raisi 16-sentabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.