Shols qurol yetkazishdan voz kechishi AQShning g‘azabini keltirdi

Shols Ukrainaga bir nechta turdagi harbiy texnikani yetkazib berishdan bosh tortgan
Sputnik
TOShKENT, 15 sent - Sputnik Germaniyaning Die Welt nashri ma’lum qilishicha, kansler Ukrainaga qurol yetkazib berish haqidagi bayonoti bilan AQShning jahlini chiqargan.
“Amerikaning sabri tugadi: uzoq vaqt Berlin AQSh bilan bir qatorda qurol yetkazib berish haqidagi mish-mish ortida yashirinib yurgan”, - deyiladi Die Weltda e’lon qilingan maqolada.
Unda keltirilishicha, Jo Bayden ma’muriyati Sholsning beqaror pozitsiyasini shunchaki stilistik farq deb bilmaydi, balki endi Vashington Germaniya kanslerining Kiyevga bo‘lgan sodiqligiga shubha qiladi.
Jurnalistlarning fikricha, Germaniya AQSh bosimi bilan Ukrainaga og‘ir qurol, keyin esa zalp olovli reaktiv tizimlarini yetkazib berishga rozi bo‘lgan. Yaqinda kansler Ukrainaga tanklar va jangovar piyoda mashinalarini yetkazib bermasligini, chunki AQSh bunday qilmayotganini aytgan.
Rossiya 24-fevraldan buyon Ukrainada denatsifikatsiya va demilitarizatsiya maqsadida maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Buning fonida AQSh va uning NATO bo‘yicha sheriklari Ukrainaga qurol yetkazib berishda davom etishmoqda. Jo Bayden lend-liz haqida qonunni imzoladi. Kiyevga o‘n milliard dollar miqdorlarida harbiy yordam yetkazib berilmoqda. O‘z navbatida Moskva bunday harakatlar mojaroni uzaytirishini, qurol-yarog‘ ortilgan transport esa Rossiya armiyasi uchun qonuniy nishonga aylanishini bir necha bor ta’kidlagan.