ShHT-2022: Samarqand sammiti

ShHT konstitutsiyalarini o‘ziga jamlagan kitob chop etildi

Kitob sahifalaridan Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston, Hindiston va Pokiston konstitutsiyalari o‘rin olgan.
Sputnik
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. ShHT sammiti oldidan ShHTga a’zo barcha mamlakatlarning konstitutsiyasi ilk bor yaxlit to‘plam holida nashr etildi. Bu haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar konstitutsiyalari” kitobi Samarqanddagi ShHT sammiti arafasida akademik A.Saidov mas’ul muharrirligidagi chop etildi.
Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz tomonidan tayyorlangan mazkur to‘plam ShHTning rasmiy tillarida nashrdan chiqarildi.
Kitob sahifalaridan Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston, Hindiston va Pokiston konstitutsiyalari o‘rin olgan.
Nashr ShHT miqyosida konstitutsionalizm rivojining barcha jabhalari bilan tanishish imkonini beradi.
“O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlar davrida ShHTga a’zo mamlakatlarning konstitutsion tajribasini o‘rganishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu esa ushbu nashrning ahamiyatini yanada oshiradi”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, to‘plam har bir mamlakatning konstitutsiyaviy o‘ziga xosligini, ShHT makonida konstitutsiyaviy-huquqiy plyuralizm va tadrijiy rivojlanishni namoyon etishi bilan ham ahamiyatli.