ShHT-2022: Samarqand sammiti

ShHT belgilari tushirilgan liboslarga talab katta - UzTextile

O‘zbek brendlari tomonidan ishlab chiqarilgan sammitning ramzlari aks ettirilgan liboslar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkiloti atributlariga ega kiyimlar katta talabga ega. Bu haqida "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi xabar berdi.
Aytilishicha, Samarqandda ShHT davlat rahbarlari sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan to‘qimachilik korxonalari sammit nufuzini oshirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Unga ko‘ra, o‘zbek brendlari tomonidan sammitning ramzlari aks ettirilgan liboslar dizayni yaratildi.
Odejda s atributikoy ShOS polzuyetsya populyarnostyu
Mahsultlarga #SCOSamarkand2022 ramzi tushirilgan.
“Bunday ramzlar tushirilgan futbolka va kepkalar ShHT sammiti mehmonlarida katta qiziqish uyg‘otmoqda”, deyiladi xabarda.