ShHT-2022: Samarqand sammiti

Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashdi

O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari ikki tomonlama sheriklikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi.
Sputnik
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga tashrif buyurgan Pokiston Islom Respublikasi bosh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Yetakchilar ikki tomonlama, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va transport-tranzit sohasidagi hamkorlik masalalarini batafsil ko‘rib chiqishdi.
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Premyer-ministrom Islamskoy Respubliki Pakistan Shaxbazom Sharifom
Uchrashuvda transport va logistika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Transafg‘on temir yo‘li loyihasini tezlashtirish, savdo uchun to‘siqlarni bartaraf etish, tovarlarni o‘zaro yetkazib berish uchun qulay sharoitlar yaratish muhimligi qayd etildi.
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Premyer-ministrom Islamskoy Respubliki Pakistan Shaxbazom Sharifom
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun, ikki mamlakat o‘zaro savdo ko‘rsatkichlari o‘sib bormoqda. O‘tgan yilda ular 47 foizga, joriy yil boshidan yana 10 foizga oshdi. Qo‘shma korxonalar soni 200 taga yetdi.