ShHT-2022: Samarqand sammiti

Samarqandda Qirg‘iziston va Xitoy yetakchilari uchrashishdi

Sadir Japarov va Si Szinpin uchrashuvi yakunlariga ko‘ra bir qator hujjatlar qabul qilindi – tafsilotlar.
Sputnik
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Qirg‘iziston va Xitoy o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi hal etilmagan siyosiy muammolar yo‘q. Bu haqida Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Samarqanddagi ShHT sammiti doirasida Xitoy raisi Si Szinpin bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Xitoy va Qirg‘iziston yetakchilari Samarqandda muzokara o‘tkazdi. Sadir Japarov Qirg‘iziston-Xitoy munosabatlarining rivojlanishi ikki mamlakat xalqlari manfaatlariga javob berishi va mintaqada barqaror rivojlanishga xizmat qilishini ta’kidladi.
Si Szinpin o‘z so‘zida Qirg‘iziston Xitoyning do‘st qo‘shnilari va eng yaqin hamkorlaridan biri hisoblanishi va u Xitoyning tashqi siyosatida muhimroq o‘rin egallashini aytib o‘tdi.
Qayd etilishicha, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li, Chuy viloyatida irrigatsiya kanallari qurilishini, yuk tashish hajmini oshirishni qo‘llab-quvvatlaymiz va bundan manfaatdor.
Si Szinpin Sadir Japarovning Qirg‘izistonga tashrif buyurish taklifini qabul qildi, sana diplomatik kanallar orqali kelishib olinadi.
Vstrecha Sadira Japarova i Si Szinpinya na polyax sammita ShOS
Sadir Japarov va Si Szinpin uchrashuvi yakunlariga ko‘ra bir qator hujjatlar qabul qilindi:
Qirg‘iz Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va XXR Bojxona boshqarmasi o‘rtasida Qirg‘izistondan Xitoyga eksport qilinadigan makkajo‘xori uchun fitosanitariya talablari to‘g‘risidagi protokol imzolandi;
"Qirg‘iziston irrigatsiya tizimini rekonstruksiya qilish" loyihasini qabul qilish dalolatnomasi;
Xitoy Qirg‘izistonga o‘t o‘chirish va qutqaruv uskunalari, shuningdek, grant tariqasida ko‘chma shifoxona beradi.
Eslatib o‘tamiz, kecha Samarqandda O‘zbekiston, Xitoy va Qirg‘izistonning tegishli idoralari “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi loyihasi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Shartnoma Qirg‘iziston hududining bir qismiga taalluqlidir, chunki temir yo‘lning qolgan qismi deyarli tayyor.