Rossiya va O‘zbekiston ommaviy sportni rivojlantirishga kelishib oldi

Sportni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Murodjon Ismoilov boshchiligida O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasida bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya ommaviy sportni yanada rivojlantirishda birgalikda ishlashga kelishib oldi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Aytilishicha, Sportni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Murodjon Ismoilov boshchiligida O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasida bo‘ldi.
Tashrif davomida Rossiya sport vaziri Oleg Matisin boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ishtirokida jismoniy tarbiya va sport sohasini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘zaro tajriba almashishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad sportni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, sohaga ajratilayotgan mablag‘larning samaradorligi va shaffofligini ta’minlashga qaratilgan normativ hujjat loyihasini ishlab chiqishda xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganishdan iborat”, deyiladi xabarda.
Rossiya Federatsiyasi
Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama etilib, xalqaro maydonlarda muvaffaqiyatga erishish borasida ham hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olindi.