TOShKENT, 15 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin muzokaralardan so‘ng Samarqanddagi “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazi bog‘ida birgalikda daraxt ekdilar.
Prezidentlar bu do‘st mamlakatlar o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga mushtarak intilishlarning navbatdagi ramzi bo‘lishini ta’kidlashdi.