ShHT-2022: Samarqand sammiti

O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari bo‘lajak tadbirlar rejasini muhokama etishdi

Ikki mamlakat yetakchilari O‘zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik va amaliy hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlashning asosiy vazifalarini batafsil ko‘rib chiqishdi.
Sputnik
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida faxriy mehmon sifatida ishtirok etish uchun mamlakatda bo‘lib turgan Ozarbayjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik va amaliy hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlashning asosiy vazifalari batafsil ko‘rib chiqildi va bu boradagi kelgusi vazifalar belgilab olindi.
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Prezidentom Azerbaydjanskoy Respubliki Ilxamom Aliyevim
Bo‘lajak tadbirlar rejasi, shu jumladan Samarqandda o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti kun tartibi kelishib olindi.
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Prezidentom Azerbaydjanskoy Respubliki Ilxamom Aliyevim
Uchrashuvda parlamentlararo hamkorlik rivojlanayotgani, savdo hajmi oshayotgani, energetika, avtomobilsozlik, qishloq xo‘jaligi, paxtachilik va ipakchilikda qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani yuqori baholandi.
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Prezidentom Azerbaydjanskoy Respubliki Ilxamom Aliyevim