TOShKENT, 15 sent - Sputnik. Rossiya gaz masalasida Yevropa Ittifoqining oqilona yo‘l tutishidan umidvor. Qish arafasida siyosatchilar bozor jarayonlariga aralashishi emas, balki odamlar haqida o‘ylashlari kerak, dedi Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak ShHT sammiti doirasida jurnalistlar savollariga javob berar ekan.
Uning aytishicha, sheriklar bilan olib borilayotgan muzokaralar hamkorlikning davom etishi va rivojlanishidan manfaatdor ekanligini bildiradi.
“Biz energetika siyosatga qaram bo‘lmasligi kerak deb hisoblaymiz, va o‘z navbatida loyihalarni amalga oshirishimiz kerak”, - deydi bosh vazir o‘rinbosari.
Shuningdek u butun dunyoda aholi soni oshishi bilan energiyadan foydalanish hajmi ham ko‘payishini aytdi. Uning ta’kidlashicha, bu ehtiyojni qondirish kerak va Rossiya bundan manfaatdor.
Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya nafaqat neft, gaz va ko‘mirga boy mamlakat va Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan ShHT sammiti doirasidagi deyarli barcha muzokaralarda atom energetikasi bo‘yicha hamkorlik muhokama qilindi.