Mirziyoyev va Putin keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi

Samarqandda uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzolandi.
Sputnik
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi.
O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari deklaratsiyani Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) sammiti doirasidagi uchrashuvda imzolashdi.
Putin keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiya Rossiya va O‘zbekiston munosabatlarini yanada yaxshiroq yo‘lga qo‘yishga imkon berishini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) sammiti doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan muzokaralari bo‘lib o‘tmoqda.