TOShKENT, 15 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston hamkorlikda suratga olinayotgan “Jomiy va Navoiy: Yulduz shul’asi” kinoloyihasi bo‘yicha memorandum imzoladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Memorandumni O‘zbekiston Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov hamda “Tojikfilm” kinostudiyasi direktori Maxmadsaid Shohiyon rasmiy ravishda imzolashdi.
Direktor Agentstva kinematografii Uzbekistana Firdavs Abduxalikov i direktor gosudarstvennogo uchrejdeniya "Tochikfilm" Maxmadsaid Shoxiyon
© Sputnik
Imzolash “Ipak yo‘li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Kinematografiya agentligining xalqaro qo‘shma loyihalarning taqdimotiga bag‘ishlangan marosimda bo‘lib o‘tdi.
Mazkur kinoloyihada taniqli fransuz kinorejissori Lyuk Besson badiiy rahbarlik qiladi.
“Jomiy va Navoiy” tarixiy badiiy filmda tarixiy, ilmiy va adabiy manbalardan mavzuga doir ma’lumotlarni to‘plash va saralash, ikki buyuk mutafakkir munosabatlari timsolida o‘zbek va tojik xalqlarini asrlar davomida bir-biriga chambarchas bog‘lab kelgan do‘stlik va qardoshlik rishtalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Filmda mahoratli o‘zbek va tojik aktorlari o‘ziga xos rollarni ijro etishadi.
Film ssenariy mualliflari O‘zbekistondan Rustam Jabborov, Tojikistondan Safar Haqdodov, rejissorlar Tojikistondan Fayzullo Fayz, O‘zbekistondan Furqat Usmonov, produserlar Firdavs Abduxoliqov, Mahmadsaid Shohiyon.