ShHT-2022: Samarqand sammiti

Erdog‘an va Putin Samarqandda o‘zaro hisob-kitoblarda milliy valyutaga o‘tishni muhokama qiladi

Ta’kidlanishicha, Rossiya gazini Turkiyaga yetkazib berishda hech qanday muammo yo‘q.
Sputnik
TOShKENT, 15 sen - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rejep Tayyip Erdog‘an payshanba kuni Samarqandda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda Rossiya gazini yetkazib berish masalasini, xususan, qisman to‘lovni rublda-lirada o‘tkazish tafsilotlarini muhokama qiladi. Bu haqda RIA Novosti agentligiga Anqaradagi diplomatik manba xabar berdi.
“Ha, gaz masalasi, xususan, milliy valyutalarda to‘lov bo‘yicha kelishuv tafsilotlari kun tartibida bo‘ladi”, degan manba yetakchilarning Turkiyaga Rossiya gazini yetkazib berish masalasini muhokama qilish ehtimoli haqidagi savolga javob berar ekan.
Turkiya energetika va tabiiy resurslar vaziri Fotih Do‘nmez Rossiya gazini Turkiya tomonidan rublda sotib olish bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishilganini, Anqara Moskva bilan tranzitning bir qismini turk lirasida to‘lash imkoniyatini muhokama qilayotganini ma’lum qilgan.
Manbaga ko‘ra, Rossiya gazini Turkiyaga yetkazib berishda hech qanday muammo yo‘q.