ShHT-2022: Samarqand sammiti

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Yavan GESni qurish masalasini ko‘rib chiqdi

Tojikiston yetakchisi O‘zbekistonning Shanxay Hamkorlik Tashkilotidagi raisligini yuqori baholadi va Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Samarqandda ro‘y bergan ulkan yangilanishlarni alohida qayd etdi.
Sputnik
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-sentabr kuni Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
Suhbat avvalida Tojikiston yetakchisi O‘zbekistonning Shanxay Hamkorlik Tashkilotidagi raisligini yuqori baholadi va Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Samarqandda ro‘y bergan ulkan yangilanishlarni alohida qayd etdi.
Samarqand sammiti yakunlari ShHT doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashi va tashkilotning xalqaro nufuzini yuksaltirishi shubhasiz ekani ta’kidlandi.
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev provel peregovori s Prezidentom Respubliki Tadjikistan Emomali Raxmonom.
Prezidentlar birodar mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil kengayib, mustahkamlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Joriy yil boshidan o‘zaro savdo hajmi 16 foizga oshdi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida, shu jumladan elektrotexnika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport va boshqa sohalarda qo‘shma kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
Davlat rahbarlari mamlakatlari va butun mintaqa manfaatlariga javob beruvchi loyiha - Yavan GESni barpo etish bo‘yicha ishlar boshlangani muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.
O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.