ShHT-2022: Samarqand sammiti

Belarus “Shanxay oilasi”ning to‘laqonli a’zosiga aylanish vaqti keldi – Lukashenko

Lukashenkoning aytishicha, ShHTga a’zo bo‘lish katta muvaffaqiyat hisoblanadi.
Sputnik
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Belarus Shanhay Hamkorlik Tashkilotining to‘laqonli a’zosiga aylanishi vaqti keldi. Bu haqda mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenko ShHT bosh kotibi Chjan Min bilan uchrashuvda so‘z ochdi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
“Belarus "shanxay oilasi"ning to‘laqonli a’zosiga aylanish vaqti keldi. Bizni bu yo‘lda qo‘llab-quvvatlayotganingizni bilamiz va buning uchun sizdan juda minnatdormiz", - dedi Belarus rahbari.
Lukashenkoning aytishicha, ShHTga a’zo bo‘lish katta muvaffaqiyat hisoblanadi.
"Biz 12-yil oldin ShHT bilan hamkorlikni boshlaganmiz. O‘z-o‘zidan yoki tasodifan emas. O‘shanda bu tashkilot yosh edi, dunyo hamjamiyatida o‘z o‘rnini topishga urinayotgan edi. Bugun esa ShHT nufuzli tuzilmaga aylandi, unga katta umidlar bilan qarashmoqda"– deya ta’kidladi u.
Eslatib o‘tamiz, ShHTning O‘zbekistondagi milliy koordinatori Rahmatulla Nurimbetov Belarus Respublikasining tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni Samarqandda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi sammitidan so‘ng ikki yilgacha cho‘zilishi mumkinligini aytgan edi.
Iyul oyida Belarus ShHTga a’zo bo‘lish uchun ariza bergan, uning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni 15-16 sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan sammitdan so‘ng boshlanishi kutilmoqda.