TOShKENT, 15 sen - Sputnik. Bugun Samarqandda ShHT sammiti arafasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevga Aleksandr Nevskiy ordenini topshirdi.
"Siz Rossiyaning ushbu yuksak mukofotiga hammadan ko‘proq loyiqsiz. Ko‘p jihatdan sizning shaxsiy e’tiboringiz tufayli Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari barcha sohalarda: siyosatda, iqtisodda, fan va madaniyatda muvaffaqiyatli rivojlanmoqda", - dedi Putin.
Aleksandr Nevskiy ordeni bu qanday mukofot?
Aleksandr Nevskiy ordeni ilk bor 1724-yilda Potr I tomonidan ta’sis etilgan bo‘lib, dastlab u faqat oliy mavqeli sarkardalar va generallar uchun mo‘ljallangan bo‘lgan. (Nevskiy - buyuk sarkarda) Potrning o‘lmidan so‘ng uning o‘rniga kelgan Yekaterina I ushbu ordenni davlat xizmatchilariga ham bera boshlagan.
Znak ordena sv. Aleksandra Nevskogo
© Sputnik / Sverdlov
1917 yilda oktabr revolyutsiyasidan so‘ng, Chor Rossiyasining boshqa mukofotlari kabi ushbu orden ham bekor qilingan. Lekin Ikkinchi Jahon urushi vaqtida, 1942-yilda Qizil Armiya qo‘mondonlarini taqdirlash uchun sobiq SSSR rahbariyati ordenni qayta tiklashga qaror qiladi. Urushi yakuniga qadar Aleksandr Nevskiy ordeni bilan 40 mingga yaqin harbiylar taqdirlangan.
Bugungi Rossiyada Aleksandr Nevskiy ordeni maqomi 2010-yilda tasdiqlangan edi. Ushbu mukofot birinchi navbatda davlat oldida buyuk xizmatlar qilgan Rossiya fuqarolari ga berilgan.
Shuningdek, Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taniqli xorijiy siyosiy va jamoat arboblari, xorijiy davlatlarning ishbilarmon doiralari vakillari Rossiya Federatsiyasi bilan ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ko‘rsatgan xizmatlari uchun mukofotlanishi mumkin.
Aytish joizki, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Aleksandr Nevskiy ordeniga sazovor bo‘lgan ikkinchi davlat arbobidir.
1916 yilda Buxoro amiri Said Mir Muhammad Olimxon ham ushbu mukofot bilan taqdirlangan edi. Amir Olimxon Sankt-Peterburgda oliy harbiy bilim yurtida o‘qigan. Uning Chor Rossiyasi podshohlik oila a’zolari bilan munosabatlari yaxshi bo‘lgan, ularning vakillarini Buxoroda qabul qilgan. Shuningdek Birinchi Jahon urushi yillarida Rossiyaga yordam ko‘rsatgan.
Vladimir Putin vruchayet orden Aleksandra Nevskogo Shavkatu Mirziyoyevu
© RIA Novosti