TOShKENT, 14 sen - Sputnik. Bugun Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov va Rossiyaning "Roskino" kompaniyasi direktori Inna Shalito o‘rtasida xalqaro hamkorlik memorandumi imzolandi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Ushbu hamkorlik memorandumi O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi kinochilik sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, birgalikda ko-produksiya loyihalarini ishlab chiqish, kinoforumlar o‘tkazish va kinofestivallar tashkil etishga yordam beradi, - deyilgan xabarda.
Roskino direktori imzolangan hujjatni yuqori baholab, uning kelajak uchun ahamiyati katta ekanini qayd etdi.
"O‘zbekistkn va Rossiya o‘rtasidagi aloqalar professinal darajada. Mintaqaviy kino islohotlar va faollilni yanada oshirish uchun bugun memorandum imzolanishi bu katta hodisa", dedi Inna Shalito.
Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda Toshkentda "ShHT mamlakatlari kino kunlari va ShHT mamlakatlari kinoforumi"ning tantanali ochilishi bo‘lib o‘tadi. Unda Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Hindiston, Eron, Qirg‘iziston, Tojikiston, Xitoy va Pokaistondan kelgan kino ijodkorlar ishtirok etishadi. Festival doirasida ushbu mamlakatlar o‘zlarining eng yaxshi filmlaridan namunalar taqdim etadi.
Undan tashqari festival doirasida ShHT kino ijodkorlari ishtirokida mahorat darslari, seminarlar, premyeralar, matbuot anjumanlari va ijodiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.