ShHT-2022: Samarqand sammiti

Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekistonga keldi

Sadir Japarovni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Sputnik
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Bugun Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 15-16 sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Shanhay Hamkorlik Tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keldi.
Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Qirg‘iziston delegatsiyasi tarkibida mamlakat tashqi ishlar vaziri Jeyenbek Qulubayev, Prezident Administratsiyasi tashqi siyosat bo‘limi mudiri Muratbek Azymbaqiyev, Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi Musa Jamanboyev, transport vaziri Erkinbek Osoyev hamda iqtisodiyot vaziri Doniyor Amangeldiyevlar bor.
Eslatib o‘tamiz, Samarqanda Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux bilan uchrashuv o‘tkazdi va BMT bosh kotibi o‘rinbosari Rozmari Di Karloni qabul qildi. Shuningdek, O‘zbekiston yetakchisi Samarqand shahridagi Kongress markazida Eron Islom Respublikasi prezidenti Ibrohim Raisiyni rasmiy kutib oldi va ayni vaqtda ikki davlat rahbarlarining muzokaralari bo‘lib o‘tmoqda.