Qirg‘iz-tojik chegarasida bir sutkada uchinchi otishma sodir bo‘ldi

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qirg‘izistonlik ikki chegarachi yaralangan, Tojikistonda bir kishi halok bo‘lgan, ikki nafari yaralangan.
Sputnik
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida yana bir otishma sodir bo‘ldi, bu bir sutkada uchinchi o‘q uzilishi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.
“2022 yil 14-sentabr kuni soat 15:08 da (Toshkent vaqti bilan 14:08) Botken tumanining Paski-Ariq qishlog‘ida Tojikiston chegarachilari Qirg‘izistonning Botken chegara otradining “Samarkandek” zastavasi chegarachilariga qarata o‘t ochdi. Qirg‘iz chegarachilari javob o‘qi uzdi, navbatdagi otishma boshlandi”, deyilgan xabarda.
Chorshanba kuni ertalab Qirg‘iziston chegara xizmati Buloqboshi hududida ikki davlat chegarachilari o‘rtasida otishma sodir bo‘lgani haqida xabar berdi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, bu Tojikiston chegara otradining chegara uchastkasida jangovar pozitsiyalarni egallagani sababli boshlangan. Tojikiston tomoni qarshi tomonni chegara postini asossiz o‘qqa tutganlikda aybladi.
Tojikiston o‘z navbatida Qirg‘istonni aybladi. Ikkinchi tomonning ma’lum qilishicha, 14-sentabr kuni soat 07:15 atrofida Qirg‘iziston Respublikasining Botken chegara otradining “Buloqboshi” chegara posti chegarachilari tomonidan “Isfara” chegara otradining “Kex” chegara posti yo‘nalishida minomotdan 4-marta o‘q uzilgan. Bundan tashqari, Qirg‘iziston Respublikasi tomonidan ushbu hududga qo‘shimcha harbiy kuch va texnika olib kelingan.
Kunning yarmida ikki mamlakat harbiylari o‘rtasida yana bir to‘qnashuv boshlandi - Kak-Say hududida.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qirg‘izistonlik ikki chegarachi yaralangan bo‘lsa, Tojikistonda bir kishi halok bo‘lgan, ikki nafari yaralangan.
Ma’lumot o‘rnida, Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasi vaqti-vaqti bilan mahalliy aholi va ikki davlat chegarachilari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar hududiga aylanib bormoqda. Bunga sabab delimitatsiya qilinmagan yerlar bo‘lib, u yerlarda davlatlar o‘rtasidagi chegara qayerdan o‘tishini aniqlab bo‘lmaydi.