Qator tovarlarni olib kirishdagi miqdoriy cheklovlarni bekor qilish taklif etilmoqda

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi taklifi bilan O‘zbekistonga jismoniy shaxslar olib kiradigan qator tovarlar uchun normalar bekor qilinishi kutilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. O‘zbektistonda jismoniy shaxslar tomonidan avtomobil yo‘llari (piyodalar), temir yo‘l va daryo o‘tish punktlari orqali olib kiriladigan bir qator tovarlarni bojsiz olib kirish uchun miqdoriy meyorni bekor qilish qilinmoqda. O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tegishli qaror loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygan.
Gap oshxona idishlari, shuningdek, maishiy, oshxona va kompyuter uskunalaridan tashqari bo‘lgan tovarlar (spirtli ichimliklar, jumladan, pivo, tamaki mahsulotlari, parfumeriya, atir va zargarlik buyumlari bundan mustasno) haqida bormoqda.
Hujjat Hukumatning 2018-yil 22-iyundagi "Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekistonga tovarlarni olib o‘tish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorining 20−21 bandlarini chiqarib tashlashni nazarda tutadi.
Ta’kidlanishicha, o‘zgartirish jahondagi oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi sharoitida aholini ijtimoiy ahamiyatga ega birlamchi mahsulotlar bilan ta’minlash, ichki bozorda oziq-ovqat mahsulotlari narxining oshib ketishini oldini olish, mamlakat fuqarolariga shaxsiy ehtiyojlari uchun mahsulotlarni olib kirishga shart-sharoit yaratish maqsadida kiritilmoqda.
Amalda 6 oy davomida bitta idish-tovoq to‘plamini, boshqa tovarlar uchun har bir tovardan 2 kg (bo‘linmaydigan tovarlar bundan mustasno), 6 oy davomida umumiy og‘irligi 10 kg dan ortiq bo‘lmagan miqdorda olib kirishga ruxsat berilgan.
Ma’lumot uchun, prezidentning 2018-yil 8-fevraldagi qaroriga muvofiq, jismoniy shaxslar tomonidan respublikaga avtoyo‘l (piyoda) bojxona chegaralari o‘tish punktlari orqali 300 dollarigacha bo‘lgan mahsulotlarni bojxona to‘lovlarisiz olib o‘tish mumkin.