ShHT-2022: Samarqand sammiti

Pashinyan va Aliyev Toshkentni tashrif bekor qilingani haqida xabardor qilmadi - Nurimbetov

Armaniston va Ozarbayjon liderlari Toshkentni tashrif bekor qilingani haqida xabardor qilmadi - Nurimbetov
Sputnik
Davlat rahbarlari Toshkentni tashrif bekor qilingani haqida xabardor qilishmadi, dedi O‘zbekistonning ShHT ishlari bo‘yicha Milliy koordinatori Rahmatulla Nurimbetov.
13 sentabrga o‘tar kechasi Ozarbayjon armiyasi Armanistonning Tog‘li Qorabog‘ bilan chegaradosh viloyatlariga hujum qilgandi. Bokuda ta’kidlanishicha, bu operatsiya - yo‘llarni minalashtirilishiga javob chorasi bo‘lib, uning maqsadi - Yerevanni tinchlik shartnomasini imzolashga undashdir. Yerevan ayblovlarni rad etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Samarqandda 15-16 sentabr kunlari O‘zbekiston raisligida ShHT Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi tadbirlari bo‘lib o‘tadi.
Sammit ishida ShHTga a’zo mamlakatlar – Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Hindiston, shuningdek, tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlatlar – Belarus, Mo‘g‘uliston va Eron yetakchilari ishtirok etadi.
Faxriy mehmon sifatida Turkiya, Ozarbayjon, Turkmaniston va Armaniston , shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, boshqa nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari taklif etilgan.