TOShKENT, 14 sen — Sputnik. O‘zbkistonga import qilinayotgan baliqning deyarli yarmi Rossiyadan olib kelinmoqda.
Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmatiga ko‘ra, 2022-yilning 7 oyida O‘zbekistonga jami 6,1 ming tonna baliq va dengiz mahsulotlari import qilingan bo‘lsa, shundan 2,9 ming tonnasi Rossiya Federatsiyasidan olib kelingan.
2022 yil yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga 48 ta xorijiy davlatdan jami qiymati 11,6 mln dollarga teng bo‘lgan baliq mahsulotlari import qilingan.
Qolgan davlatlar ulushi quyidagicha:
Vyetnam – 905 tonna;
Latviya – 822 tonna;
Qozog‘iston – 435 tonna;
Norvegiya – 327 tonna;
Litva – 322 tonna;
Xitoy – 41,4 tonna;
Turkiya – 35 tonna.
Statqo‘mga ko‘ra, baliq va dengiz mahsulotlari importi o‘tgan yil mos davri bilan solishtirilganda 1,5 ming tonnaga oshgan.
Ma’lumot uchun, joriy yilning dastlabki yetti oyida O‘zbekiston eng ko‘p kakao va shokolad mahsulotlarini ham aynan Rossiyadan sotib olgan — 17,4 ming tonna.