ShHT-2022: Samarqand sammiti

Eron prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi

15-16 sentabr kunlari prezident Ibrohim Raisiy ShHTning Samarqand sammiti tadbirlarida qatnashadi.
Sputnik
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Eron Islom Respublikasi prezidenti Ibrohim Raisiy rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.
Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Qayd etilishicha, ikki davlat o‘rtasidagi muzokaralar va tashrif doirasidagi tadbirlarda ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish ko‘rib chiqiladi.
Savdo, kooperatsiya, innovatsiyalar, transport, energetika, turizm va boshqa yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlik borasida qator qo‘shma hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Oliy darajadagi O‘zbekiston – Eron muzokaralari bugunning o‘zida bo‘lib o‘tadi.
15-16 sentabr kunlari prezident Ibrohim Raisiy ShHTning Samarqand sammiti tadbirlarida qatnashadi.
Eslatib o‘tamiz, Samarqanda Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux bilan uchrashuv o‘tkazdi va BMT bosh kotibi o‘rinbosari Rozmari Di Karloni qabul qildi.