Dollarning rasmiy kursi ketma-ket beshinchi kun pasaydi

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 14,91 so‘mga arzonlab, 10 925,14 so‘m etib belgilandi.
Sputnik
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan ertaga, 15-sentabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Xorijiy valyutalar kursi
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 14,91 so‘mga pasayib, 10 925,14 so‘mni tashkil qildi.
Yevro ham so‘mga nisbatan qadrsizlandi. Xususan, 1 yevro 183,40 so‘mga arzonlashib, 10 938,25 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,66 so‘mga oshib, 182,9 so‘mni tashkil etdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi bor pasaymoqda.