Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Zaporojye viloyatida qurol-yarog‘ berkitilgan yirik maxfiy joy aniqlandi

Jinoyatchilar Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksiga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Sputnik
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Zaporojye viloyatida rekord darajadagi yirik maxfiy qurol-yarog‘ ombori topildi, o‘rmon zonasida snaradlar solingan 260 quti yashirilgan. Bu haqda viloyat ma’muriyati bosh kengashi a’zosi Vladimir Rogov ma’lum qildi.

“Zaporojyeda rekord darajadagi yirik maxfiy qurol-yarog‘ ombori topildi”, deb yozdi Rogov Telegram kanalida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ma’lumot Tokmak tumanidagi o‘rmon zonasida noma’lum shaxslar qanday qilib qutilarni sudrab ketayotganini ko‘rgan mahalliy aholidan olingan.

“Ushbu ma’lumotni tekshirish chog‘ida ombor topildi, unda 260 ta snaradli qutilar bo‘lgan”, - degan Rogov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, politsiya huquq-tartibot idoralari bilan birgalikda omborni tashkil qilishda ishtirok etganlikda gumonlangan fuqarolarni aniqlagan. Jinoyatchilar Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksiga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Maxsus operatsiya davomida Rossiya harbiylari Xerson va Zaporojye viloyatining Azov dengiziga tutash qismini nazoratga oldi, Xerson, Melitopol va Berdansk kabi yirik shaharlarni ozod qildi. Har ikki viloyatda yangi ma’muriyatlar shakllantirildi, Rossiya telekanallari va radiostansiyalari efirga uzatilmoqda, Qrim bilan savdo va transport aloqalari tiklanmoqda. Viloyatlar Rossiya tarkibiga kirish rejalarini e’lon qildi. Bundan tashqari, sakkiz yil o‘tgach, Shimoliy Qrim kanali blokdan chiqarildi.