TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Vladimir Putin va Si Szinpin Samarqandda Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasini batafsil muhokama qiladi. Bu haqda prezidentning xalqaro masalalar bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.
Samarqandda Vladimir Putinning kun tartibi tig‘iz bo‘ladi: Rossiya yetakchisi Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Eron, Turkmaniston prezidentlari, Hindiston va Pokiston bosh vazirlari, shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi raisi bilan uchrashadi.
Rossiya va Xitoy liderlari boshqa masalalar qatorida Ukrainadagi vaziyatni ham keng muhokama qiladi.