Toshkentda Qozog‘iston kino kunlari bo‘lib o‘tdi – foto

“Paralimpiyachi” (“Paralimpiyes”) filmini o‘zbekistonlik tomoshabinlar iliq kutib olishdi.
Sputnik
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida poytaxtdagi Muqimiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa teatrida “Qozog‘iston kino kunlari” bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Unda Qozog‘iston delegatsiyasi Adey Abeldinov, film ijodkorlari Askar Ilyasov, Aldiyar Bayrakimov, Alnura Jumatayeva va boshqalar ishtirok etishdi.
“Paralimpiyachi” (“Paralimpiyes”) filmi 2022-yilda “Kazakhcinema” studiyasi tomonidan suratga olingan. Film Maksad ismli nogiron bo‘lib qolgan yigitning Paralimpiadadagi g‘alabasi haqida hikoya qiladi.
1 / 6
2 / 6
3 / 6
4 / 6
5 / 6
6 / 6
Kinokartina rus tilida, o‘zbekcha subtitr bilan namoyish etildi. Tomoshabinlar kinokartinani iliq kutib olishdi.
Shuningdek, kechada qozoq milliy cholg‘u asboblari ishtirokida xalq qo‘shiqlari jonli ijro etildi.
Ma’lumot uchun, XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Rossiya, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Eron, Belarus va boshqa mamlakatlarning kino kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.