Sergey Bezrukov Toshkentda mahorat darsi o‘tkazdi - video

Rossiyalik taniqli aktor mahorat darsi davomida o‘zbek milliy taomlarini xush ko‘rishini aytib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Rossiyalik taniqli aktor Sergey Bezrukov XIV Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keldi. Bu haqida Sputnik muxbiri ma’lum qildi.
Toshkentda aktor o‘zbek kinoijodkorlari uchun mahorat darsi o‘tkazdi. U o‘z so‘zida o‘zbek milliy taomlarini xush ko‘rishini aytib o‘tdi.

“O‘zbekistonda ekanman Yevropa taomlarini istamayman. Sizning milliy taomlaringizni xohlayman. Chunki unda shu yerning quvvati bor”, deydi aktor.

Eslatib o‘tamiz, 13-18 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “Ipak yo‘li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivaliga taniqli rossiyalik aktor Sergey Bezrukov ham taklif etilgan.
U Butunrossiya davlat kinematografiya institutining Toshkent filiali talabalariga aktorlik sirlari haqida gapirib beradi.
Shuningdek, 13-sentabr kuni Artom Mixalkovning “Janob Nokaut” filmi namoyish etiladi. Filmda bosh rol ijrochilari orasida Sergey Bezrukov ham bor.