O‘zbekistonlik shaxmatchilar G‘arbiy Osiyo chempioni bo‘lishdi

Marjona 9 turda 7,5 ochkoni, Muhammadali esa 9 turda 8 ochkoni qo‘lga kiritdi - tafsilotlar.
Sputnik
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Qirg‘izistonda o‘tkazilayotgan G‘arbiy Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik Marjona Malikova va Muhammadali Abdurahmonov oltin medalni qo‘lga kiritishdi. Bu haqida O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Alisher Sa’dullayev ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Qirg‘iz Respublikasida o‘smirlar o‘rtasidagi “Western Asia Chess Championship 2022” chempionati o‘tkazildi.
Unda Marjona Malikova G20-standart guruhida g‘alaba qozondi. Muhammadali Abdurahmonov esa O20- standart guruhida g‘alabaga erishdi.
Muhammadali Abdurahmonov

“Marjona 9 turda 7,5 ochkoni, Muhammadali esa 9 turda 8 ochkoni qo‘lga kiritdi. O‘zbek shaxmatining istiqbolli vakillarini jamoamiz nomidan tabriklaymiz”, deydi Alisher Sa’dullayev.