Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari sanasi e’lon qilindi

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Shu yilning 2-yarmida o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari sanasi ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, mazkur test sinovlari sentabr oktabr, noyabr va dekabr oylarida tashkil etilib, har oyda 2 marotaba o‘tkaziladi.

“Ko‘plab talabgorlarning murojaatlaridan kelib chiqqan holda chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari sentabr oyida ham o‘tkazilishi belgilandi”, deyiladi xabarda.

Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn amalga oshirilmoqda.
Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
Qayd etilishicha, to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng, test sanasi va joyini o‘zgartirib bo‘lmaydi.