TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Avtotransportni boshqarish uchun elektron ishonchnoma rasmiylashtirish xizmati ishga tushirildi. Bu haqida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali xabar berdi.
Aytilishicha, endilikda ishonchnomani rasmiylashtirish jarayonlari onlayn amalga oshiriladi.
Elektron ishonchnoma uchun alohida to‘lov tartibi (davlat boji — BHM ning 3 baravari — 900 ming so‘m) belgilangan.
Bunda davlat boji:
1 oygacha bo‘lgan muddatga – 10 foiz (90 ming so‘m);
6 oygacha bo‘lgan muddatga – 50 foiz (450 ming so‘m);
3 yilgacha bo‘lgan muddatga – 100 foiz (900 ming so‘m miqdorida) undiriladi.
“Endilikda ishonchnoma rasmiylashtirish uchun notarial idora izlab yurish, hujjatni tasdiqlatish uchun navbatlarda turish shart emas”, deyiladi xabarda.
Hujjat unutib qoldirilganida ham muammo yuzaga kelmaydi. Chunki elektron ishonchnomalar YPX xodimlari tomonidan onlayn tekshiriladi.