ShHT-2022: Samarqand sammiti

Vladimir Putin ShHT sammiti doirasida tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilarining muzokaralari kun tartibidan strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Sputnik
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand shahridagi sammiti doirasida tashrif bilan mamlakatda bo‘ladi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Rossiya yetakchilarining muzokaralari kun tartibidan strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Alohida e’tibor sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, hududlar va ishbilarmonlar o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish, qo‘shma iqtisodiy loyihalar va gumanitar dasturlarni ilgari surishga qaratiladi.
Shu bilan bir qatorda davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashishadi.
Prezident Vladimir Putin, shuningdek, ShHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi tadbirlarida ishtirok etadi.