Rossiya Mudofaa vazirligi Nikolayev-Krivoy Rog yo‘nalishidagi hujumni qaytarish chog‘ida yakson qilingan va qo‘lga kiritilgan Ukraina texnikasini ko‘rsatdi.
“Dushman asosiy harakatini bu yo‘nalishga qaratdi. Raqib chegarada to‘xtatib qolindi. Desantchilar jasurlik va qahramonlik ko‘rsatishdi. Qahramona ishlar bisyor. HDQ harbiylarining birortasi o‘z pozitsiyasini tashlamadi, hamma jangovar vazifalarni bajarishda davom etdi. Dushman bu yo‘nalishda istagan natijasiga erisha olmadi, ko‘p odamlari, ular soni yuzlarcha, ko‘p jangovar texnikalarini yo‘qotdi”, - dedi Rossiyaning desant-hujumchi polki komandiri o‘rinbosari Aleksey.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari 6-sentabrdan 10-sentabrgacha Nikolayev-Krivoy Rog va Xarkov yo‘nalishlarida to‘rt mingdan ziyod askarini yo‘qotgan, yana 8 mingdan ziyod ukrain harbiylari yarador bo‘lgan.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasi “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.