MDH davlatlari bojxona xizmati kinologlari o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tmoqda - foto

Musobaqada Armaniston, Ozarbayjon, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston bojxona xizmati kinologlari o‘zaro bellashishadi.
Sputnik
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. O‘zbekistonda MDH davlatlari bojxona xizmati kinologlari o‘rtasidagi X ko‘pkurash musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqida Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati rahbari Xusan Tangriyev Sputnik muxbiriga xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun musobaqaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Endilikda musobaqada Armaniston, Ozarbayjon, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston bojxona xizmati kinologlari o‘zaro bellashishadi.
MDH davlatlari bojxona xizmati kinologlari
Musobaqa MDH davlatlari bojxona xizmati kinologlari o‘rtasida do‘stona aloqalarni kuchaytirish, o‘zaro tajriba almashgan holda kinologlarning amaliy bilim ko‘nikmalarini oshirish maqsadida tashkil etildi.
Musobaqa ishtirokchilari o‘z xizmat itlari bilan “Bagaj va qo‘l yukida giyoxvandlik vositalarini qidirish”, “Yuk avtotransportida giyoxvandlik vositalarini qidirish”, “Yengil avtotransportida giyoxvandlik vositalarini qidirish”, “Xonada giyoxvandlik vositalarini qidirish” va “Buyruqka bo‘ysunish” kabi nominatsiyalar bo‘yicha o‘z tajriba va mahoratlarini sinovdan o‘tkazishadi.
MDH davlatlari bojxona xizmati kinologlari
Musobaqa 17-sentabrga qadar davom etadi va 16-sentabr kuni g‘oliblarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Musobaqa doirasida mehmon davlatlarning kinologiya xizmati vakillari bilan turli uchrashuvlar, davra suhbatlari va ko‘rgazmali chiqishlar o‘tkaziladi.
MDH davlatlari bojxona xizmati kinologlari
“Musobaqaning Milliy kinologiya markazida tashkil etilayotganligi bejiz emas. Mazkur tashkilot 2008-yildan beri Jahon bojxona tashkilotining mintaqaviy markazi hisoblanadi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, so‘nggi besh yilda Milliy kinologiya markazida 1218 nafar kinologlar o‘qitilib, 11454 bosh xizmat itlari tayyorlandi.
Shu yilning o‘zida markaz kinologlari bir qator pirotexnika vositalari va boshqa tovar moddiy boyliklarni aniqlashga o‘z hissalarini qo‘shishdi:
275 ta holatda noqonuniny olib o‘tilayotgan 517,874 kg giyohvandlik vositalari;
qurol yarog‘ - 235 dona ;
o‘q dorilar - 167 dona;
psixotrop moddalar - 85771 dona va 4,4 kg;
turli-xil pirotexnika vositalari - 1436 dona.