TOShKENT, 12 sen — Sputnik. “Humo” xokkey jamoasi Qozog‘istonning “Nomad” jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Bu haqida Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yangi mavsumni Qozog‘iston ochiq chempionatida boshlagan “Humo” klubi ilk turni “Nomad” jamoasiga qarshi o‘tkazdi.
“Humo” xokkey jamoasi
© Milliy olimpiya qo‘mitasi
Toshkentda 11-sentabr kuni olib borilgan shiddatli bahsda Nur-Sultondan tashrif buyurgan xokkeychilar 4:2 hisobida g‘alaba qozonishdi.
“Humo” xokkey jamoasi
© Milliy olimpiya qo‘mitasi
“Humo” klubining ma’lum qilishicha, o‘yinni tomosha qilish uchun arenaga 3257 nafar muxlis tashrif buyurgan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentning “Humo” xokkey klubi ikki yillik tanaffusdan keyin yana xalqaro turnirda ishtirok etishga kirishdi. Jamoa Qozog‘istonning Pro-Liga ochiq chempionatida o‘z ishtirokini boshladi.