TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ba’zi joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, Respublika bo‘yicha shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli bor. Havo harorati 23...28 darajani tashkil etadi.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 24...26 daraja bo‘ladi.
Tog‘li hududlarning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda (2500 m dan yuqori) qorga aylanishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati 15...20 daraja bo‘ladi.