Boks: sportchilar Anapadagi xalqaro turnirda 11 ta medalni qo‘lga kiritishdi

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi boks bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi Nikolay Pavlyukov xotirasiga bag‘ishlangan XIII xalqaro turnirda ishtirok etishdi.
Sputnik
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. O‘zbekistonlik bokschilar Anapadagi xalqaro turnirda 11 ta medalni qo‘lga kiritishdi. Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar berdi.
Rossiyaning Anapa shahrida boks bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi Nikolay Pavlyukov xotirasiga bag‘ishlangan XIII xalqaro turnir o‘z nihoyasiga yetdi.

Musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari 3 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronza, umumiy hisobda 11 ta medalni qo‘lga kiritishdi.

Terma jamo asafida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo‘lishdi:
Oltin:
-48 kg: Mirali Mavlonov
-51 kg: Ziyoviddin Alijonov
-71 kg: Fazliddin Erkinoyev
Kumush:
-54 kg: Xo‘janazar Nortojiyev
-60 kg: Mirkomil Saydoxunov
-86 kg: Abdulaziz Abdurahmonov
Bronza:
-51 kg: Qodir Axtamov
-63 kg: Xusan Turdaliyev
-67 kg: Shavkat Boltayev
-80 kg: Rahmatillo Boymatov
-92 kg: Aynazar Kenesbayev
Murabbiylar: Olim Muxamedov, Nodir G‘ulomov, Rustam Razzakov, Sardor Razzakov, Jamshid Kamolov.
Maruf Urdushev esa musobaqada hakam sifatida ishladi.