Yaponiya mamlakatga kelayotganlar uchun kovidga qarshi choralarni soddalashtirdi

Yaponiyaga kirishda koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlardan PZR test talab qilinmaydi.
Sputnik
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. 7 sentabrdan Yaponiyaga kelayotganlar uchun koronavirusga topshirilgan polimer zanjir reaksiyasi (PZR) testini taqdim etish majburiy bo‘lmaydi. Bu haqda "Uzbekistan Airways" xabar qildi.
Koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlardan test talab qilinmaydi. Yo‘lovchilar emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatni ko‘rsatishlari kifoya.
Biroq COVID-19 ga qarshi to‘liq emlanganlik sertifikatiga ega bo‘lmagan yo‘lovchilar PZR testining manfiy natijasini (amal qilish muddati 72 soat) taqdim etishlari shart.
Avvalroq Janubiy Koreya mamlakatga kirish uchun majburiy PZR testini bekor qilgani xabar qilingan edi.