TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Energetika inqirozidan so‘ng dunyoda oziq-ovqat uchun urush boshlanadi. Bu haqda Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, energetikadagi vaziyat mamlakatlarga katta muammo tug‘dirmoqda.
“Narxlarni cheklashingiz bilan, bu mahsulot taqchilligi yuzaga keladi, bu sotuvchilarning olibsotarligi, va siz hech qachon buning oldini ololmaysiz. Energetikadan so‘ng oziq-ovqat uchun urush boshlanadi”, - dedi Vuchich. Uning so‘zlaridan “Novosti” iqtibos keltirgan.
Shuningdek, Serbiya yetakchisi Ukrainadagi vaziyat ortidan moliyaviy va energetika inqirozi avj olishi mumkinligini istisno qilmadi.
Rossiyaning Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha maxsus operatsiyasi boshlanishi bilan G‘arb Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi. Ko‘pgina davlatlar Rossiya aktivlarini muzlatish haqida e’lon qildi, Rossiyadan energiyadan voz kechishga chaqiriqlar kuchaydi. Bu choralar Yevropa va AQSh uchun muammo bo‘lib, oziq-ovqat va yoqilg‘i narxining oshishiga olib keldi.