TOShKENT, 11 sen — Sputnik. 4-8-sentabr kunlari Tailandning Chonburi shahrida bo‘lib o‘tgan kurash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi VII Osiyo chempionati bahslarida o‘zbekistonlik sportchilar 18 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
18 ta medalni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik kurashchilar O‘zbekistonga qaytib keldi
© Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati
Qayd etilishicha, chempionatda Osiyo qit’asining 12 davlatidan 100 nafardan ziyod iqtidorli polvonlar g‘oliblik uchun bellashgan.
18 ta medalni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik kurashchilar O‘zbekistonga qaytib keldi
© Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati
Musobaqada ishtirok etgan o‘zbekistonliklardan 13 nafari shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan. Shuningdek, Osiyo chempionatida yana bitta kumush hamda 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan yosh kurashchilar umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallagan.
18 ta medalni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik kurashchilar O‘zbekistonga qaytib keldi
© Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati
Kecha Toshkent xalqaro aeroportida Osiyo chempionatida munosib ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari tantanali kutib olingan. Kutib olish marosimida Sportni rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston kurash federatsiyasi, ota-onalar va OAV xodimlari ishtirok etgan.
18 ta medalni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik kurashchilar O‘zbekistonga qaytib keldi
© Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati