O‘zbekiston- Rossiya parlamentlararo hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi

Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Rossiya Federatsiya kengashi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Ilyas Umaxanov bilan ikki mamlakat munosabatlarining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.
Sputnik
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Toshkentda Rossiya Federatsiya kengashi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Ilyas Umaxanov bilan uchrashdi.
Umaxanov Parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlarining 14-sammiti ishida qatnashish uchun Rossiya delegatsiyasi tarkibida Toshkentga kelgan edi.
Rossiya Federatsiya kengashi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari sammitni yuqori baholadi.
U sammit prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida demokratik va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonida erishilayotgan muvaffaqiyatlar xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilganining, shu jumladan, gender siyosatni amalga oshirish, parlament rolini oshirish va fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishda O‘zbekistonning jahonda munosib yetakchiligining yorqin dalili ekanini ta’kidladi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, shu jumladan, parlamentlararo aloqalarni kengaytirish va ikki mamlakat hududlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlashga ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi.
Prezident Rossiya Federatsiya kengashi raisi o‘rinbosarini qabul qildi
Shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya parlamentlari ishtirokida bo‘lib o‘tadigan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.