“Xalq yuragi” turkum hujjatli filmlar tanlovi g‘olibi ma’lum bo‘ldi

Toshkentda “Xalq yuragi” turkumidagi hujjatli filmlar tanlovi yakunlandi. Tanlov g‘olibiga bosh sovrin - Chevrolet Cobalt avtomobili topshirildi.
Sputnik
TOShKENT, 10 sen - Sputnik. Toshkentdagi Adiblar xiyobonida 9-sentabr kuni “Xalq yuragi” nomli turkum hujjatli filmlar ijodkorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Kinematografiya agentligi va oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan tanlovda taqdim etilgan 24ta kartina orasidan hakamlar rejissor Xusan Rashidovning “Cho‘lpon. Qush esdaligi” kinolentasini eng munosib film deb topdi.
“Cho‘lpon. Qush esdaligi” filmi orqali men mana shu mukofotga sazovor bo‘ldim. Albatta, muvaffaqiyatga umid qilgan edik, chunki salkam 300 kishilik jamoa bilan film ustida astoydil ish olib bordik. Yosh kinoijodkorlarga, xususan, hujjatli film ijodkorlariga berilayotgan imkoniyatlar, bunday ulkan rag‘batlar uchun muhtaram Prezidentimizdan behad minnatdorman. Men umumiy g‘alabamizda ishtirok etgan barchaga - jamoamga, ota-onamga, ustozlarimga rahmat aytmoqchi edim. O‘zbek kinosi tarixida bunday motivatsiya va rag‘batlantirish birinchi marta deb hisoblayman”, — deydi tanlov g‘olibi, film postanovkachi rejissori Xusan Rashidov.
AKU nagradila pobediteley konkursa dokumentalnogo kino
Poytaxtdagi oliy o‘quv yurtlari rahbarlariga “Xalq yuragi” turkumidagi barcha filmlar aks etgan flesh-disklar va albomlar topshirilgan bo‘lsa, rejissorlar zamonaviy planshetlar bilan taqdirlandi.
Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimida O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov va “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK direktori Furqat Usmonovlar ham so‘zga chiqishdi va sovrindorlarga o‘zlarining iliq so‘zlarini yetkazishdi.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 20-may kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Adiblar xiyobonining ochilish marosimida Kinematografiya agentligiga majmuada haykallari o‘rnatilgan atoqli yozuvchi va shoirlar haqida hujjatli filmlar yaratish vazifasi yuklatilgan edi.